Pensiya va nafaqa tayinlashda talab qilinadigan hujjatlar soni kamaytirildi
Jamiyat
−
22 may 2020
82422020 yil 20 aprelda Adliya vazirligidan 2282-8-son bilan ro‘yxatga olingan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari” to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, joylarda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda ularga qulayliklar yaratishni kuchaytirish maqsadida fuqarolar tomonidan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini tayinlashda vafot etgan boquvchi qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnomani taqdim qilish tartibi bekor qilindi.
Avvalroq, pensiya va nafaqalarni yana naqd pulda tarqatish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi