O‘zbekistonda yuz bilan yuzlashganlar qancha?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 514 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 100 yoshdan oshganlarning 110 nafari (21,4%) erkak va 404 nafar (78,6%)  ayol kishilar.

2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 147 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar 100 yoshga to‘lgan. Ularning 32 nafari (21,7%) erkak va 115 nafari (78,3%) ayollar hisoblanadi.

100 yoshdan oshgan nafaqaxo‘rlar eng ko‘p bo‘lgan hududlar ro‘yxatida Qashqadaryo 92 nafar ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda 71 nafar nuroniy bilan Surxondaryo egallagan bo‘lsa, Andijon 46 nafar bilan uchinchi o‘rinni band qilgan. Navbatdagi o‘rinlarda esa:

Farg‘ona viloyatida – 45 nafar;
Toshkent viloyatida – 41 nafar; 
Samarqand viloyatida – 36 nafar;
Buxoro viloyatida – 35 nafar;
Namangan viloyatida – 33 nafar;
Xorazm viloyatida – 28 nafar;
Toshkent shahrida – 26 nafar;
Jizzax viloyatida – 16 nafar;
Navoiy viloyatida – 13 nafar; 
Qoraqalpog‘istonda – 21 nafar;
Sirdaryo viloyatida – 11 nafar pensiya oluvchi 100 yoshdan oshgan otaxon va onaxonlar borligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bir yil davomida qancha “oltmishvoy” tug‘ilgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya nuroniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made