Pensiya va ish haqi yana naqd pulda to‘lanadigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklarning murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarni naqd pulda tarqatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, avvalroq kasallik yuqishi xavfidan kelib chiqib, to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalar, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.

Avvalroq, 3 aprel kuni pensiya to‘lovi plastik karta orqali berilishi belgilanmasdan avval pullar sterillangan tarzida tarqatilishi e’lon qilingan edi. Shundan so‘ng, 14 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab pensiya to‘lovlari plastik karta orqali to‘lash tartibi joriy qilindi.

Biroq, pensiya va oyliklar tarqatiladigan vaqtga kelib, ya’ni oyning boshida “Xalq bank“ining bir qator filiallarida nafaqa oluvchilarning navbati kuzatildi. Ushbu holat yuzasidan 7 may kuni “Xalq banki“ pensionerlarga murojaat bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya Naqd pul

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing