Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi
Jamiyat
−
04 may 2021
8540Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori imzolandi. Bu haqda Mahalla vazirligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra:
2022 yil 1 iyuldan boshlab:
- mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qigani va harbiy xizmat davri ma’lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minoti bilan bog‘langan holda “Yagona mehnat milliy tizimi” orqali elektron tarzda olinadi;
- davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
- davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvardan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
LiveBarchasi