Pensionerlarga hisoblangan ortiqcha qarzdan voz kechiladi
Jamiyat
−
28 aprel 2020
3748O‘zbekiston Respublikasidagi pensionerlarning 2020 yil 20 aprelgacha ortiqcha hisoblangan qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi. Bu haqda "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonda belgilab qo‘yildi.
Farmonga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 2020 yil 20 aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.
Shuningdek, 2020 yil 1 maydan boshlab Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshirililishi belgilab qo‘yilgan.
Avvalroq, May oyidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida pensiya to‘lovlari bank kartalari orqali to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi