Pensilvaniya sudi Tramp shtabining saylov bo‘yicha da’vosini qanoatlantirdi

Olam

image

Pensilvaniya shtatining apellyatsiya sudi AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning shtab-kvartirasining yakuniy saylov natijalariga pochta orqali olingan byulletenlarning bir qismini kiritmaslik to‘g‘risidagi da’vosini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Philadelphia Inquirer” xabar bergan.

Qayd etilishicha, 9 noyabrgacha shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan saylovchilardan pochta orqali olingan byulletenlar rad etilgan.

Pensilvaniya qonunchiligi pochta orqali ovoz bergan saylovchilarning ovozlarini olti kun ichida, ya’ni 9 noyabrgacha tasdiqlashi kerak bo‘lgan. 

Shtatning davlat kotibi Keti Bukvar esa ushbu muddatni 12 noyabrga qadar uzaytirgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Bukvarning bunday qarorni qabul qilish uchun vakolati bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida prezidentlikka Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing