Pens Trampni alqab-alqab, vitse-prezidentlikka nomzod bo‘ldi

Olam

image
Kamola Xarris nomzodi vitse-prezidentlikka tasdiqlandi north_east

Kamola Xarris nomzodi vitse-prezidentlikka tasdiqlandi

AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Maykl Pens noyabr oyida o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etishga rozilik bildirdi. U Respublikachilar partiyasi nomidan yana vitse-prezident lavozimi uchun kurashga kirishadi. Bu haqda u Merilend shtatining Baltimor shahrida Respublikachilar partiyasi s’ezdi vaqtidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Donald Tramp menga ko‘rsatgan ishonch, Respublikachilar partiyasining qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, sizlarning meni AQSH vitse-prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatish qaroringizni qabul qilaman va bu lavozimda xizmat qilaman”, degan Pens.

U Amerika hozir sinovli davrlardan o‘tayotganini ta’kidladi va 1812-1815 yillardagi ingliz-amerika urushiga qiyosladi. U shuningdek, amaldagi Prezident Donald Trampni alqab o‘tdi.

“2020 yilda amerikaliklar ko‘plab sinovlarga duch keldi. Baxtimizga bizni qiyin vaqtlarda qo‘llovchi qattiqqo‘l, energiya va qat’iylikka ega Prezidentimiz bor”, degan Pens.

Ma’lumot uchun, Pens vitse-prezidentlik uchun Demokratlar partiyasi vakili Kamola Xarris bilan bellashadi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Amaldagi Prezident Donald Tramp Demokratlar partiyasi nomzodi Jo Baydenga qarshi kurash olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Maykl Pens

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar