Pele yana saratonga chalindi. U kimyoterapiya olyapti 

Sport

image

Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni, braziliyalik Pele kimyoterapiya kursi uchun shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda ESPN kanali xabar bermoqda.  

Xabarga ko‘ra, sobiq futbolchi bir necha kundan beri “Albert Eynshteyn” klinikasida qolmoqda. Pelening ichaklarida va jigarida o‘simtalar, shuningdek, o‘pkasida ham dastlabki bosqichda o‘simta aniqlangan.

Uning ahvoli barqarorligi qo‘shimcha qilingan. 

Pele 2021 yil sentyabrda yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiyani boshdan o‘tkazgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Pele futbol bo‘yicha yagona uch karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). U Braziliya terma jamoasi safida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan. Pele Xalqaro futbol federatsiyasi talqiniga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Forvard Braziliyaning “Santos” (1956-1974) va Amerikaning “Nyu-York Kosmos” (1975-1977) klublarida o‘ynagan. Braziliyalik futbolchi faoliyatidagi 1279 ta gol muallifi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pele kimyoterapiya

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing