Pele og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazdi

Sport

image

Avvalroq, 80 yoshli Pelening sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari borligi hamda qariyb bir haftadan beri shifoxonada qolayotgani haqida xabar bergandik.  

Pelening o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilishicha, u joriy yilning 4 sentyabr kuni yo‘g‘on ichakdagi o‘smani olib tashlash uchun operatsiya qilingan. 

“O‘tgan shanba kuni haftalik testlar natijasiga ko‘ra, o‘ng yo‘g‘on ichakda aniqlangan o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilindim”, deydi Pele.

Jahon futboli afsonasi hisoblangan Nasimento Pele Xalqaro Futbol uyushmasi (FIFA) versiyasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida 1 363 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 281 ta gol urgan.

1999 yilda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) hech qachon Olimpiadada qatnashmagan bo‘lsa-da, Peleni asrning eng buyuk sportchisi, deb topgan. 90-yillarning ikkinchi yarmida u Braziliya yoshlar ishlari, turizm va sport vaziri bo‘lib ishlagan.

Unga muxlislar tomonidan “futbol qiroli” laqabi berilishi ham bejiz emas. Pele Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra jahon chempioni bo‘lgan. Hali hech bir futbolchi JCHda undan ko‘p zafar quchmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pele FIFA JCh-1958 Operatsiyat qilindi

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing