Pele og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi – OAV
Sport
−
30 noyabr 2022
10917Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele kecha, 29 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulu shahridagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda bugun, 30 noyabr kuni ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tibbiyot xodimlari uch karra jahon chempionida ko‘plab shish va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berishgan. Shifoxona, shuningdek, Pelening o‘tgan oylar davomida olgan kimyoterapiyasi braziliyalikning tanasidagi o‘smalarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.
2021 yil sentyabrida Pele yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilingandi. 8 dekabr kuni u davolanish uchun shifoxonaga yotqizilishi kerak edi. Keyinroq ESPN nashri Pelening ichaklari, jigari, shuningdek, o‘pkasida erta bosqichdagi o‘smalar aniqlangani haqida xabar berdi.
Pele 82 yoshda, u futbol bo‘yicha yagona uch karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970) hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi safida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta gol urgan. Pele FIFA talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Forvard Braziliyaning “Santos” (1956-1974) va Amerikaning “Nyu-York Kosmos” (1975-1977) klublarida o‘ynagan. Braziliyalik futbolchi 1279 ta gol muallifi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.