Pele FIFAʼning “Best Forever” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Sport

image

FIFA Braziliya terma jamoasining uch karra jahon chempioni marhum Peleni “Best Forever” mukofotiga loyiq deb topdi va kecha, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan marosimda uning oila a’zolariga sovrinni topshirdi. Bu haqda “Chempionat” nashri xabar berdi.

Kecha, 27 fevral kuni Parijda 2022 yil hisobida “FIFAʼning eng yaxshi futbol mukofotlari” (FIFA Fotboall Avards 2022) taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda yilning eng yaxshi futbolchilari uchun mukofotlar taqdim etilgan. E’tiborlisi, mukofot egalari orasida Pele nomi ham bo‘lgan. FIFA uni xotirlab, “Best Forever” (abadiyatning eng yaxshisi) mukofoti bilan taqdirlagan. Sovrinni topshirish uchun sahnaga sobiq Braziliya terma jamoasi hujumchisi Ronaldo Luis Nazario taklif qilingan va mukofotni Pelening rafiqasi Marsiya Aoki qabul qilib olgan.

Ta’kidlash joizki, FIFA rasmiy sayti Peleni 1279 ta (2 ta to‘p qo‘lda urilgan deya hisobga olinmagan) gol urganini ko‘rsatmoqda. Ushbu to‘p soni bilan u Ginnesning rekordlar kitobida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy hujumchi Pele 2022 yil, 29 dekabr kuni 82 yoshida bir oylik davolanishlar samara bermay, saraton kasalligidan vafot etgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pele

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing