Pekindagi bozorda koronavirus aniqlandi. Harbiy holat e’lon qilindi
Olam
−
13 iyun 2020
8352Pekinning Fentay tumanidagi ulgurji bozorda COVID-19 aniqlanganidan so‘ng, u yerda harbiy holat rejimi joriy etildi. Bu haqda okrug partiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Chu Szyunvey matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Fentay hududida harbiy holat rejimi joriy qilindi va tezkor shtab tashkil etildi", dedi Chu Szyunvey.
Fentay hududidagi "Sinfadi" bozori bugun, 13 iyun kuni epidemiologik tekshiruv paytida koronavirus topilganidan keyin vaqtincha yopildi. Barcha bozor ishchilari - 10 mingdan ortiq odamda COVID-19 testini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
11 iyun kuni Pekinda so‘nggi ikki oy ichida koronavirus infeksiyasining birinchi mahalliy holati aniqlandi. Kasallik - 52 yoshli erkak aynan "Sinfadi" bozoriga borgan. 12 iyun kuni yana ikki kishida koronavirus aniqlandi. Ikkalasi ham Fentay hududida istiqomat qiladi.
Ularda koronavirus tasdiqlangach, rasmiylar diqqat bilan epidemiologik tekshiruv o‘tkazishdi. Oqibatda, ular bozorda koronavirus o‘chog‘i mavjudligini aniqlashdi.
LiveBarchasi