Pekin YeIni Xitoy kompaniyalariga sanksiya kiritish oqibatlaridan ogohlantirdi
Olam
−
08 may 2023
11006Yevropa Rossiyaga yordam bergan Xitoy kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash orqali Pekin bilan munosabatlarni jiddiy ravishda buzishi mumkin. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.
“Agar tegishli xabarlar rost bo‘lsa, Yevropa tomoni Xitoy bilan ishonch va hamkorlikni jiddiy ravishda buzishi, dunyoda bo‘linish va qarama-qarshilikni kuchaytirishi mumkin”, degan Xitoy TIV vakili.
Shuningdek, Venbin Xitoy o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qaror qilganini ta’kidlagan va yevropalik hamkorlarini "noto‘g‘ri yo‘ldan" bormaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq YeI Xitoyning yetti kompaniyasiga sanksiyalar joriy etishni reja qilayotgani aytilgandi. Ular Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatganlikda gumon qilingandi.
LiveBarchasi