Pekin Olimpiadasi: Janubiy Koreya g‘arblik ittifoqchilari “yo‘lidan yurmadi”
Sport
−
13 dekabr 2021
4181Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In hukumat Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarini diplomatik boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini aytdi. Bu haqda u Kanberrada Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Janubiy Koreya yetakchisining qayd etishicha, na AQSH, na boshqa davlatlar Seuldan diplomatik boykotga qo‘shilishni so‘ramagan.
Avvalroq bir qator davlatlar, jumladan AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Kanada Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, bu davlatlar o‘z qarorlarini Xitoyda inson huquqlari, xususan, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida aholining huquqlari poymol etilishi bilan izohlagan.
Buga javoban Xitoy Pekinda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilgan davlatlarni “xato harakatlari uchun javob berishi” haqida ogohlantirgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi