Yana bir davlat rasmiylari Pekin Olimpiadasiga bormaydigan bo‘ldi
Olam
−
07 dekabr 2021
12191Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlarida Yangi Zelandiya vazirlari ishtirok etmaydi. Bu haqda mamlakat Sport vaziri Grant Robertson "1News" sport telekanaliga ma’lumot bergan.
Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror pandemiya sharoitida xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan va AQSHning Pekindagi o‘yinlarni diplomatik boykotiga aloqador emas.
"Bunga bir qator sabablar bor edi, lekin asosan bu COVID-19 va sayohat logistikasi bilan bog‘liq", dedi u.
Shuningdek, u Yangi Zelandiya Xitoyni bu qarori haqida oktyabr oyida xabardor qilganini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi