Pushaymon bo‘lasizlar – Xitoy Olimpiadani boykot qilgan davlatlarga

Olam

image

Xitoy Pekinda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilgan davlatlarni “xato harakatlari uchun javob berishi” haqida ogohlantirdi.

“AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya Olimpiya o‘yinlaridan siyosiy manipulyatsiya uchun foydalanyapti”, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin.

Xitoy davlat matbuoti shu hafta chorshanba kuni Pekin boykot e’lon qilgan amerikalik va g‘arb siyosatchilarini musobaqaga taklif qilishni rejalashtirmagani haqida xabar tarqatdi.

“Mamalakatlar bergan boykot sportchilarning musobaqaga borishiga to‘sqinlik qilmaydi”, deya ta’kidladi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax.

Boshqa davlatlar, jumladan, Yaponiya ham diplomatik boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar tarqalmoqda. Keyingi yozgi Olimpiadaga mezbonlik qiladigan Fransiya boykotga qo‘shilmasligini aytdi. Italiya diplomatik boykotga qo‘shilish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2014 yilda doping mojarosi tufayli mamlakati Olimpiya musobaqalarida qatnashishi taqiqlanganiga qaramay, ishtirok etish taklifini qabul qildi.

AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi davlatlar Xitoydagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli hukumat vakillarini kelasi yil fevral oyida Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yubormasligini rasman e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, boykot qilgan davlatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda keskinlashgan. G‘arb Xitoyni Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati aholisiga zulm qilishda ayblab keladi. 2018 yilda BMT Xitoyning “qayta tarbiyalash lagerlarida” million nafargacha etnik uyg‘ur bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa buni hozirgacha rad etib kelmoqda.

Doston Iskandarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

746

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing