Pedofiliya mojarosi ortidan Vengriya Prezidenti iste’foga chiqdi
Olam
−
11 fevral
13517Kecha, 10 fevral kuni Vengriya Prezidenti Katalin Novak pedofillik ishi bo‘yicha sudlangan shaxsning avf etilishi ortidan iste’foga chiqdi. Bu haqda Katalin M1 telekanalidagi chiqishida ma’lum qildi.
46 yoshli Novak shanba kuni televideniye orqali 2022 yil may oyidan beri egallab turgan lavozimini tark etishini e’lon qilgan.
Avvalroq muxolif partiyalar bir necha marta Novakni iste’foga chiqishga chaqirgan edi.
Qayd etilishicha, Bosh vazir Viktor Orbanning yaqin ittifoqchisi Novak 2023 yilning aprelida, Rim papasi Fransiskning mamlakatga tashrifi arafasida yigirmaga yaqin kishini ozod qilishga qaror qilgan. Ular orasida sobiq xo‘jayinining jinsiy jinoyatlarini yashirgan bolalar uyi mansabdori ham bo‘lgan.
“Men xato qildim. Bugun Prezident sifatida sizga murojaat qilishimning so‘nggi kuni. O‘tgan aprel oyida mahkumning o‘zi qaragan bolalar zaifligini suiiste’mol qilmaganiga, uning aybsizligiga ishonib, afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandim. Bu yerda hech qanday shubha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Men bolalarni tahqirlaganlarni hech qachon kechirmasligim kerak edi. Bolalarni himoya qilish bizning burchimizdir”, degan Katalin.
Prezident afv etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat haqida to‘liq boxabar bo‘lmaganini aytgan va uning farmonidan jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan barchadan, shuningdek, jinoyat qurbonlari bo‘lganlardan kechirim so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi