Pedagoglar tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
26 yanvar 2021
6194O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25 yanvar kuni “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Qarorga ko‘ra, xalq ta’limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birgalikda, an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi.
LiveBarchasi