Pavel Durovga Nobel mukofotini berish taklif qilindi
Olam
−
28 avgust
11470Telegram asoschisi Pavel Durov tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Bu haqda “EuroAsia Daily” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yevrosiyo xalqaro universiteti rektori Konstantin Klimenko Pavel Durovga Nobel mukofotini berish to‘g‘risida ushbu mukofot qo‘mitasiga rasmiy ariza yuborgan.
“Shaxsan men Pavel Durovni ajoyib shaxs deb bilaman. U yangi raqamli texnologiyalar davrining yetakchisi. Menimcha, Durov Nobel mukofotiga loyiq. Shuning uchun men Pavel Durovni mukofotlash bo‘yicha Nobel qo‘mitasiga rasmiy ariza yubordim. Nobel mukofoti ushbu taqdimotni Osiyo va Afrikaning bir qator universitetlari va jamoat tashkilotlari vakillari qo‘llab-quvvatlagan”, deb yozadi Klimenko.
Shuningdek, u BRICS Dubay sarmoyaviy forumi tashkiliy qo‘mitasi raisi sifatida Durovni ushbu forumning faxriy mehmoni va ma’ruzachisi bo‘lishga taklif qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u taklifni qaytarib olmoqchi emas va agar Fransiya hukumati Durovni qamoqdan ozod qilmasa, Telegram asoschisiga forumda masofadan turib qatnashish imkoniyati beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olingandi. Unga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, Telegram’dagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgan.
LiveBarchasi