Pavel Durov pullarini nimaga sarflashini ochiqladi

Olam

image

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov amerikalik jurnalist, "Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli Durovning boyligi taxminan 15,5 milliard dollarga yetgan. U barcha pullarini o‘z hisob raqamida saqlab, dabdabali hayot kechirishni istamaydi.

“Menda ko‘chmas mulk, samolyot yoki yaxtalar yo‘q. Ular shunchaki oddiy buyum. Menimcha, dabdabali turmush tarzi men uchun emas. Men ko‘proq  Telegram messenjerini yanada takomillashtirishga pullarimni sarflashni afzal ko‘raman”, degan Pavel.

E’tiborlisi, milliarder 2016 yildan beri birinchi marta intervyu bergan.

Ma’lumot uchun, Pavel Durov ko‘p yillardan beri Rossiyada emas, balki Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiladi. U arab davlati fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli xorijliklardan biri hisoblanadi.

Durovga ko‘ra, BAA tadbirkorlar va ishlab chiquvchilar uchun ideal mamlakat. Shuningdek, u yerdagi hayotining yetti yili davomida hukumat tomonidan hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmagan. Aksincha, amirliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va ijod bilan erkin shug‘ullangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durov Telegram'ni Rossiya nazorat qilishi haqidagi gaplar raqobatchilarning hiylasi ekanligini ta’kidlagandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing