Pavel Durov Otabek Umarov bilan uchrashdi
Bu qiziq
−
28 iyun
23456Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga safari chog‘ida mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Otabek Umarov bilan uchrashdi. Bu haqda Umarovning o‘zi Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Joriy haftada Telegram jamoasi loyiha asoschisi Pavel Durov va uning akasi Nikolay boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mamlakatimizda ushbu xizmatga alohida iliq munosabat bildiriladi, chunki Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada bo‘lish bilan birga, yangiliklardan xabardor bo‘lamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi”, deyiladi Umarov sahifasida.
Shuningdek, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari Durovning mamlakatga tashrifi o‘zi yorqin taassurotlarga boy tarzda o‘tganidan umidvorligini bildirdi.
“Biz uchun Pavel va uning yaqinlarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylandi. Ularning barchasi yuksak darajadagi o‘z ishining ustalari bo‘libgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq bo‘lgan ajoyib insonlar ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilish benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi. Bunga juda oz fursat qolganiga ishonaman”, deydi Otabek Umarov.
LiveBarchasi