Paulo Dibala: “Ayni paytda karantindaman”
Sport
−
13 mart 2020
4727Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Paulo Dibala koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Dibalaning o‘zi izoh berdi.
"Barchaga salom. Salomatligim yaxshi ekanligini ma’lum qilmoqchiman. Ayni paytda karantindaman. Menda koronavirus epidemiyasi aniqlanmadi. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman", deb yozdi Dibala o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasiga.
Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibalaning jamoadoshi Daniyele Ruganida koronavirus aniqlangandi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.
Agarda vaziyat qaltis tus oladigan bo‘lsa, joriy yilning yoz oyida Tokio shahrida o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiada ham 2021 yilga ko‘chirilishi mumkin.
Hozirga qadar 139 579 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5120 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. Koronavirusga chalinganlarning 70 733tasi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi