Patrushev AQSHning possovet hududidagi biologik tajribalaridan ogohlantirdi

Olam

image

Rossiya muntazam ravishda G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH tomonidan possovet hududida o‘tkazilgan xavfli biologik tajribalar haqida ma’lumotlarni olmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bugun, 8 noyabr kuni Moskvada o‘tayotgan MDHdagi mavqedoshlari bilan uchrashuvda so‘z ochgan. 

“Ukraina kontekstida men biologik himoya va bioxavfsizlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqchiman. Biz possovet hududida G‘arb davlatlari, birinchi navbatda amerikaliklar tomonidan o‘tkazilgan xavfli eksperimentlar haqida muntazam ravishda ma’lumot olamiz”, deydi u. 

Patrushevning ta’kidlashicha, gap biologik qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha majburiyatlarga, jumladan, butun insoniyatning mavjudligiga tahdid soladigan vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga mos kelmaydigan faoliyat haqida bormoqda.  

“Biologik hujumlar simulyatsiya qilinadi va sun’iy intellekt ishlab chiqishda ishtirok etadi”, deydi u. 

Xavfsizlik Kengashi kotibining eslatishicha, Rossiya bu savollarni xalqaro formatlarda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotida bir necha bor ko‘targan, ammo Vashingtondan aniq javoblar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Nikolay Patrushev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing