Patentlangan “G‘ijduvon shashlik”ni pishirish uchun hokimiyat ruxsati kerakmi?
Jamiyat
−
30 avgust 2023
9700Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimining “G‘ijduvon shashlik”ni patentlash to‘g‘risidagi so‘zlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra, “G‘ijduvon shashlik” Buxoro viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 24 avgust kuni geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur geografik ko‘rsatkich guvohnomasi esa davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlari doirasida G‘ijduvon tuman hokimi Sherzod Ashurovga tantanali ravishda topshirilgan.
Hokim esa o‘z nutqida endi “G‘ijduvon shashlik”ni pishirmoqchi bo‘lgan har qanday odam kelib, tuman hokimligidan ruxsat olishi va pul to‘lashi kerak ekanligini aytgan edi.
Ammo O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi xuddi shu geografik ob’ektda joylashgan va xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
“Muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi