G‘ijduvon hokimi oyda shashlik pishirmoqchi (video)
Jamiyat
−
30 avgust 2023
23459Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimligi “G‘ijduvon shashlik”ni patentladi. Bu haqda tuman hokimi Sherzod Ashurov O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tumanda o‘tkazilgan bayram tadbirida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, endi qaysidir ovqatlanish markazi ushbu turdagi shashlikni pishirish va sotishni istasa, kelib tuman hokimligidan ruxsat olishi va to‘lov qilishi kerak.
Hokim o‘zining nutqida dunyoning rivojlangan davlatlari va so‘nggi innovatsion yangiliklarni ham esidan chiqarmadi.
“Mana, Hindiston o‘zining kosmik kemasini oyga uchirdi-ku. Biz g‘ijduvonliklar, albatta, oyga yetib boramiz. Ana o‘sha yerda biz “G‘ijduvon shashlik”ni pishiramiz”, dedi hokim.