Pasportini lablari orasiga qistirib olgan ayol chegaradan o‘tkazilmadi

Olam

image

Turkiyada chegarachilar Rossiya fuqarosini noodatiy holat sabab pasport nazoratidan o‘tkazmadi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Murmanskda yashovchi 35 yoshli Kseniya (familiyasi ko‘rsatilmagan) ismli ayol Turkiyaning Alaniya aeroportida pasport nazorati navbatida turgan. Shu payt uning ko‘ylagi yerga tushib ketgan va u kiyimini olish uchun egilganda, pasportini lablari orasiga qistirib olgan.

Xodimlar bu harakatni “davlat ramzini qadrsizlantirish” deb baholab, ayolni ikki bor nazoratdan o‘tkazishni rad etgan. U suhbat uchun alohida xonaga olib ketilgan. Shundan so‘ng, Kseniya “rasmiy yoki muqaddas hujjatlarni tahqirlash” bo‘yicha ogohlantirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada davlat ramzlariga hurmatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 2021 yilda ikki mahalliy fuqaro TikTok'da pasportni pechka qo‘lqopi sifatida ishlatgan videoni joylagani uchun hibsga olingan edi.

Turkiya Jinoyat kodeksining 300-moddasi davlat bayrog‘i yoki “qizil fonda oq yarim oy va yulduz tasviri tushirilgan har qanday belgi”ni tahqirlash uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Bu belgilarga Rossiya pasporti ham kiradi, chunki u Turkiya pasportiniki kabi qizil rangda.

Qobilova Komila


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Turkiya chegara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing