Pashinyan niyatiga yetdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan general-leytenant Artak Davtyanni mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabining yangi rahbari etib tayinladi. Bu haqda "Sputnik Armaniston" xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Davtyan tegishli lavozimni bugun, 22 mart kuni egallagan.

Artak Davtyan 2020 yil may oyidan iyul oyigacha Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabini boshqargan. 2020 yil 17 iyuldan esa Respublikaning Harbiy-sanoat qo‘mitasi rahbari lavozimni egallagan.

O‘tgan yilning noyabrida Pashinyan Davtyanni Armaniston Harbiy-sanoat qo‘mitasi rahbari lavozimidan ozod qilgan.

Armanistondagi vaziyat fevral oyida, Bosh shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryan Pashinyanni tanqid qilganida keskinlashdi. Shundan so‘ng, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatdi. 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi.  

Bosh vazir Bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni ham lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Prezidentga ikki marotaba murojaat yubordi. 10 mart kuni Pashinyan Gasparyan o‘z lavozimidan ozod qilinganini aytdi, chunki Prezident farmonni o‘z vaqtida imzolamagan va Konstitutsiyaviy sudda unga qarshi chiqmagandi. Armaniston Ma’muriy sudi esa Onik Gasparyanni mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida yakuniy qaror qabul qilingunga qadar ushlab turishiga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Artak Davtyan

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing