Pashinyanni o‘ldirishga tayyorlanishda gumonlangan MXXning sobiq rahbari sud zalidan ozod qilindi

Olam

image

Yerevanda sud Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyanni qamoqqa olinshini rad qildi va siyosatchi sud zalidan ozod bo‘ldi. Vanetsyan mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanga suiqasd qilishga tayyorlanishda gumonlanib, hibsga olingandi.

Vanetsyan sud qarori chiqqanidan keyin o‘zining ta’qib qilinishi siyosiy maqsadda amalga oshirilganini ta’kidlagan.

“Amaldagi Hukumat yana bir bor noqonuniy va uydirma ishlar bilan mening siyosiy faoliyatimga qarshilik qilishga urindi. Lekin xudoga shukr adolat bor va u bu bosqichda g‘alaba qildi”, degan Vanetsyan sud zalidan chiqib.

Avvalroq, Vanetsyanning advokati himoyasidagi shaxsga nisbatan hokimiyatni noqonuniy egallash va davlat, siyosat va jamoat arbobini o‘ldirishga tayyorlanishda gumonlanayotgani haqida ma’lumot bergandi.

Artur Vanetsyan va boshqa muxolifatchilar Armaniston poytaxti Yerevanda o‘tkazilgan namoyishlardan keyin qo‘lga olingandi. Ular Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha imzolangan tinchlik sulhi shartlaridan norozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Artur Vanetsyan

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing