Pashinyan uchinchi bor Armaniston Bosh vaziri etib tayinlandi 

Olam

image

Bugun, 2 avgust kuni Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyanni respublika Bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonga imzo chekdi.  

Pashinyan nomzodi “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi tomonidan ilgari surilgan. Konstitutsiyaga muvofiq, Armaniston hukumati Bosh vazir tayinlanganidan keyin 15 kun ichida tuziladi. 

Joriy yilning 17 iyul kuni Armaniston Konstitutsiyaviy sudi 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalarini tan oldi, unda mamlakatning amaldagi Bosh vaziri Pashinyan partiyasi g‘alaba qozondi. 

27 iyun kuni Milliy Saylov Komissiyasi muddatidan oldin o‘tkazilgan parlament saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi, unga ko‘ra Pashinyan partiyasi 53,91 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Armanistonning eks-prezidenti Robert Kocharyan bloki esa 21,04 foiz ovoz to‘plagan. Uchinchi o‘rinni Armanistonning sobiq Prezidenti Serj Sargsyanning bloki 5,23 foiz ovoz bilan egallagan, u parlamentga kirish uchun 7 foizlik to‘siqdan o‘tishi kerak edi. Taniqli tadbirkor Gagik Sarukyanning “Obod Armaniston” partiyasi 3,96 foiz ovoz to‘plagan. Ushbu partiya uchun o‘tish chegarasi besh foizni tashkil etgan.  

Ma’lumot uchun, Nikol Pashinyan 2018 yil 8 may kuni Armaniston Bosh vaziri etib saylangandi. 2018 yil 16 oktyabrda esa iste’foga chiqqan. Biroq bu rasmiyatchilik uchun amalga oshirildi. Shu orqali mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi va 2018 yil 9 dekabr kuni muddatidan oldin saylovlar o‘tkazildi. Unda Pashinyanning “Mening qadamim” bloki g‘alaba qozondi. 2019 yil 14 yanvarda u yana Bosh vazir etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing