Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat bilan chiqdi

Olam

image

Armaniston tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hukumatining Ozarbayjon bilan muzokara o‘tkazish qarorini e’tiborga oldi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi. 

“Biz sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olamiz va voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz”, deyiladi Pashinyanning Armaniston xalqiga murojaatida. 

Uning qayd etishicha, Armaniston Respublikasi Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha imzolangan matnni [tayyorlashda] va muhokamalarda ishtirok etmagan.

Pashinyan o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgandan so‘ng Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ tinch aholisini himoya qilishiga umid bildirdi. 

“Agar tinchlikparvar kuchlar bunday taklif bilan chiqqan bo‘lsa, demak, ular Tog‘li Qorabog‘ armanlarini ta’minlash uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga olishgan, ya’ni ular Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlarini to‘liq ta’minlashi kerak”, deydi u. 

Pashinyan o‘zidagi ma’lumotlarni ochiqlab, shunday degan: 

“Tog‘li Qorabog‘dan olgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jangovar harakatlar intensivligi keskin pasaygan, biroq ular to‘liq to‘xtagani yo‘q. Umid qilamizki, harbiy kuchayish davom etmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Baku tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini ta’kidlagandi. Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlisdan so‘ng, Pashinyan Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnashishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Fransiya esa BMT Xavfsizlik kengashining Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishini talab qildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Ozarbayjonning (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qilib, tomonlarni muzokaralar stoliga chaqirdi. 20 sentyabrga kelib Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum shartlari asosida aksilterror harakatlari to‘xtatilganini e’lon qildi

20 sentyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda namoyishchilar Rossiya elchixonasini to‘sib qo‘ydi


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Tog'li Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing