Pashinyan tinchlik bitimi bo‘yicha Bakudan javob olmaganini aytdi

Olam

image

Armaniston tinchlik bitimi matni yuzasidan Ozarbayjondan hali javob olmadi, biroq bu jarayon vaqt talab etadi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni parlamentdagi chiqishi chog‘ida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

“Tinchlik shartnomasi bo‘yicha bizning versiyamiz yuborildi, ammo hozircha ulardan javob yo‘q. Bizga bunday hujjat kelganda, javobni shakllantirish uchun biroz vaqt ketadi”, deydi Armaniston hukumati rahbari.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 16 fevral kuni Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik kelishuvi loyihasi ustida ishlashni yakunlagani va uni Bakuga, shuningdek, YeXHT Minsk guruhi mamlakatlariga yuborganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Pashinyan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Yerevan va Baku o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi loyihasini muhokama qilgandi. Keyinchalik rasmiy Baku Armaniston bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha onlayn diplomatiyani samarasiz deb hisoblashini bildirib, Yerevanni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pashinyan Baku tinchlik bitimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing