Pashinyan tarixiy tashrif bilan Turkiyaga boradi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga boradi. Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan ma’lum qildi.

“Tashrif amalga oshishini tasdiqlayman. Barcha mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi. Menimcha, bu tarixiy tashrif, chunki Armaniston Bosh vaziri birinchi marta bunday darajadagi tashrifni amalga oshiradi”, dedi u jurnalistlarga.

Avvalroq Armanistonning “24News” portali yuqori martabali manbaga tayanib, Pashinyanning tashrifi 20 iyunga belgilangani haqida xabar bergan edi.

Bu 1993 yilda uzilgan Armaniston-Turkiya munosabatlari tarixida muhim bosqich bo‘ladi. O‘shanda Turkiya sobiq Tog‘li Qorabog‘ hududidagi urush munosabati bilan Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlab, Armaniston bilan diplomatik va savdo aloqalarini uzgan edi. O‘shandan beri tomonlar normallashuvga bir qancha urinishlar qildi, ammo to‘liq muloqot o‘rnatmadi.

2023 yilda Nikol Pashinyan amaliy tashrif bilan Turkiyaga borgan va so‘nggi 15 yil ichida mamlakatga tashrif buyurgan birinchi Armaniston rahbari bo‘lgan edi.

Bo‘lajak tashrif, kuzatuvchilarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi yangi bosqich sari qadam bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing