Pashinyan Rossiyadagi BRICS sammitida qatnashadi
Olam
−
07 Sentabr
3320Rossiyaning Qozon shahrida oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbari matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan ma’lum qildi.
Armaniston parlamentining tashqi aloqalar komissiyasi rahbari Sarkis Xandanyan esa Yerevan BRICS’ga qo‘shilish uchun ariza bermoqchi emasligini, biroq Armaniston ushbu integratsiya birlashmasining turli mamlakatlari bilan ko‘p qirrali aloqalarga ega ekanligini aytdi.
BRICS sammiti 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika unga a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya raislik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy rahbari Si Szinpin, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BRICS sammitida qatnashishi, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbosni ham sammitga taklif qilgani, biroq Abbosning sammitda ishtirok etishi hozircha aniq emasligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi