Pashinyan Rossiya bilan Armanistonning “biri ikki bo‘lmasligi”ga ishonyapti
Olam
−
02 fevral
7693Yerevan harbiy-texnikaviy hamkorlik uchun yangi sheriklar qidiryapti, chunki Armaniston buni oldingi kabi faqat Rossiya bilan amalga oshira olmaydi. Bu haqda kecha, 1 fevral kuni mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston jamoat radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, avvallari Armanistonning mudofaa sohasidagi munosabatlarining 95-97 foizi Rossiya Federatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan, ammo hozir bu ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra imkonsiz.
“Armaniston kim bilan harbiy-texnikaviy va mudofaa munosabatlari o‘rnatishi mumkinligini tushunishi kerak", deydi Pashinyan.
Bosh vazirning aytishicha, 2022 yilning yanvar oyida Armaniston hukumati Rossiya bilan hamkorlikda armiyani isloh qilish konsepsiyasini tayyorlagan.
“Biroq, o‘sha yilning qishidagi voqealar – Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishi biz bu konsepsiyadan oldinga siljiy olmasligimizni va endi Moskva bilan harbiy-texnik sohadagi hamkorlik qanchalik real ekanini tushunishimiz kerakligini ko‘rsatdi”, deydi Pashinyan.
U armiyani rivojlantirish konsepsiyasini o‘zgartirish kerakligini aytib, yil oxirigacha shunday hujjat qabul qilishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Armaniston o‘z hududida AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.
LiveBarchasi