Pashinyan rafiqasi bilan Parijga ketdi
Olam
−
21 fevral 2024
6039Bugun, 21 fevral kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan rafiqasi Anna Akopyan hamrohligida ikki kunlik amaliy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
"Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan rafiqasi Anna Akopyan bilan ikki kunlik amaliy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi. Bugun Bosh vazir Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Pashinyan va Makron kechqurun Fransiyaning eng buyuk siymolari panteoniga Qarshilik harakatining arman qahramoni Misak Manushyan va uning rafiqasi Meline qoldiqlarini dafn etish jarayonida ishtirok etadi.
Shuningdek, Pashinyan tashrifi davomida Fransiya Senati raisi Jerar Larsher, Bosh vazir Gabriel Attal va Parij meri Ann Idalgo bilan ham uchrashadi.
LiveBarchasi