Pashinyan Putinning qarshisida Armanistonga yordam bo‘yicha hujjatni imzolashdan bosh tortdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK)ning Armaniston Respublikasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasi” loyihasini imzolamadi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, hujjat yetarli darajada yakunlanmagan. 

“Vaziyatga aniq siyosiy baho berilmagani nafaqat KXSHTning ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortganini anglatishi, balki Ozarbayjon tomonidan KXSHTning Armanistonga keyingi tajovuzkorligi uchun yashil chiroq sifatida talqin qilinishi mumkin. Va bu KXSHTning asosiy hujjatlarining ruhi va ma’nosiga ham zid keladi. Shuning uchun, hurmatli hamkasblar, shulardan kelib chiqib, hozircha imzolash uchun taqdim etilgan “KXSHT KXK deklaratsiyasi va Armaniston Respublikasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi loyihasi yetarlicha yakunlanmagan deb hisoblayman va cheksiz hurmat bilan men bu hujjatlarni imzolashga tayyor emasman”, deydi Pashinyan. 

Pashinyan davlat rahbarlariga Ozarbayjon tomonidan Armanistonning hududiy yaxlitligiga qarshi yangi tajovuz qilish xavfi saqlanib qolayotganini eslatdi.  

“Bu haqda KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas joriy yilning 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan KXKning navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qildi”, deydi Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Kollektiv xavfsiizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, tashkilot Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda Nikol Pashinyan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida Ozarbayjonning Armaniston chegarasidagi xatti-harakatlari bo‘yicha konsensus yo‘qligi, bu esa ushbu tuzilmaning obro‘siga putur yetkazishini aytdi. U o‘z so‘zida oxirgi ikki yil davomida KXSHTga a’zo Armaniston Ozarbayjon tomonidan kamida uch marta agressiyaga uchragani, Armanistonning KXSHTga a’zo bo‘lishi Ozarbayjonni agressiv harakatlaridan qaytara olmagani,  Ozarbayjonning Armanistonga bo‘lgan tajovuziga KXSHTning munosabati bo‘yicha bir qarorga kelinmagani, bu esa KXSHTning nufuziga katta zarar yetkazgani, buni Armanistonning KXSHTga raisligidagi asosiy muvaffaqiyatsizlik deb biishini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston KXShT

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing