Pashinyan Putinga qo‘ng‘iroq qilib, so‘nggi vaziyat bo‘yicha hisob berdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 23 fevral kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Lochin yo‘lagi va Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat muhokama qilingan. Bu haqda Armaniston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Bosh vazir Nikol Pashinyan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdoshlar Ozarbayjonning Lochin yo‘lagini noqonuniy blokadaga olishi oqibatida Tog‘li Qorabog‘da yuzaga kelgan gumanitar, ekologik va energetik inqirozga to‘xtaldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Xalqaro sudning Ozarbayjon tomonidan Lochin yo‘lagi blokirovkasini ochish haqidagi qarorini eslatgan. 

Shuningdek, Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr, 2021 yil 11 yanvar, 2022 yil 26 noyabr kuni imzolangan uch tomonlama kelishuvlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. 

Kreml Matbuot xizmatiga ko‘ra, Pashinyan, shuningdek, Putinga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan 18 fevral kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan uchrashuv, shuningdek, xorijlik hamkorlari bilan bo‘lgan boshqa suhbatlari haqida ham ma’lumot bergan.

Suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' Vladimir putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing