Pashinyan Putinga Qorabog‘ masalasida “diydiyo” qilmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 5-8 sentyabr kunlari bo‘lbi o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida, ayni vaqtda Rossiyada bo‘lib turgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Qorabog‘ masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya davlat rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilgan. 

"Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal qilish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda. Rossiya yetakchilar o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlar asosida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga yordam berishda davom etmoqda. Rossiya tinchlikparvar kontingenti mintaqada xavfsizlikni ta’minlaydi”, deydi Ushakov. 

Uning ta’kidlashicha, tomonlar, shuningdek, Rossiya-Armaniston munosabatlarining muhim jihatlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

“Energetika sohasida o‘zaro hamkorlik rivojlanmoqda. Rossiyadan gaz yetkazib berish yiliga 2,4 milliard kub metrdan ko‘proqni tashkil etadi (joriy yilning yanvar-iyun oylarida 1,41 milliard kub metr)”, deydi Kreml vakili. 

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 31 avgust kuni Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida muzokara o‘tkazdi va navbatdagi uchrashuvni noyabr oyida o‘tkazishga kelishib oldi. 

Oradan ikkin kun o‘tib, 2 sentyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ maqomi masalasi aniqlanmaguncha mojarosining yechimi haqidagi bayonotlar o‘rinsizligini aytib chiqdi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Nikol Pashinyan Qorabog'

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing