Kurs UZS

USD

12 909.64

-28.56

EUR

14 908.05

197.32

RUB

159.75

0.24

Pashinyan parlament yig‘ilishida jazavaga tushdi (video)

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Milliy Majlisidagi chiqishi chog‘ida hukumatning byudjet siyosatini tanqid qilgan muxolifatga javob berar ekan, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmadi. Majlis jonli tarzda efirga uzatildi.

Ma’lum qilinishicha, Pashinyanning chiqishi chog‘ida unga muxolifat tomonidan byudjet siyosati haqida tanqidiy fikrlar bildirilgan. Shundan so‘ng, mamlakat Bosh vaziri asabiylashib ketgan.

“Odamlar, ular byudjetni to‘ldirishmoqda. Ularni qayerga qo‘yamiz? Cho‘ntagimizga?” degan Pashinyan qo‘llarini silkitib.

Qolaversa, u betartib nutqi chog‘ida raqiblariga o‘zining o‘rnida bo‘lib ko‘rishni va hukumat “byudjetni to‘ldirgani, to‘ldirayotgani va bundan keyin ham to‘ldirishini aytgan” hamda oppozitsiyani noo‘rin tanqid qilayotganlikda va asossiz ayblovlar qo‘yayotganlikda ayblagan.

Shuningdek, parlamentda Pashinyan Armaniston Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomalarini imzolashga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat madhiyasidagi misralar tartibini Armaniston shon-shuhratiga oid so‘zlar bilan yakunlanishi uchun o‘zgartirishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing