Pashinyan MDH sammitida qatnashmaydi
Olam
−
25 dekabr
2996Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ning norasmiy sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Pashinyan o‘z Facebook sahifasida post qoldirgan.
Ma’lum qilinishicha, vazirning koronavirusga topshirgan test natijasi ijobiy chiqqani uchun u MDH sammitida ishtirok etish niyatidan qaytgan.
“Hamkasblarim bilan maslahatlashganimdan so‘ng, bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etmayman”, deya qo‘shimcha qilgan Pashinyan.
Shuningdek, Armaniston Bosh vaziri ertaga, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan YeOII Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etish bo‘yicha kun oxirigacha qaror qabul qilishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga borgandi. Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
LiveBarchasi