Pashinyan lavozimidan qachon ketishini ma’lum qildi 

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘z lavozimidan aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida ketishini ma’lum qildi.  

"Parlament kuchlari va Respublika Prezidenti o‘rtasidagi kelishuvga binoan, men aprel oyining so‘nggi 10 kunida iste’foga chiqaman", degan siyosatchi. 

Pashinyan bu parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlarni tayinlash uchun zarurligini ta’kidlagan. 

"Barcha protokol tadbirlarini saqlab qolish uchun yettinchi kuni men o‘z nomzodimni Bosh vazir lavozimiga taklif qilaman, boshqa fraksiyalar nomzodlar ko‘rsatmaydi va "Mening qadamim" fraksiyasi meni Bosh vazir etib saylamaydi. Ikkinchi marta fraksiya yana mening nomzodimni ilgari suradi va yana saylamaydi. Parlament tarqatiladi va 20 iyun kuni saylovlar bo‘ladi", degan u. 

Armanistondagi siyosiy inqiroz mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolarda Ozarbayjondan yengilganidan beri davom etyapti. Inqiroz fevral oyi oxirida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qilgach, keskinlashdi. 

28 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bo‘lajak parlament saylovlari fonida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi Armaniston xalqi kimni tanlasa, o‘sha shaxsga hokimiyatni topshirishga tayyor. Pashinyan saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emas. Respublikada parlament saylovlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing