Pashinyan KXSHTni Ozarbayjonga qarshi urushga tortmoqchimi?

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan Baku bilan qo‘shinlarni suveren Armaniston hududidan olib chiqib ketish bo‘yicha siyosiy va diplomatik ish olib borishini kutayotganini aytdi. 

“Armaniston KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi qarori bilan Ozarbayjon qo‘shinlarini 2021 yil 11 maydan boshlab Armanistonning suveren hududidan dastlabki pozitsiyalariga zudlik bilan va so‘zsiz olib chiqib ketishga qaratilgan Ozarbayjon tomoni bilan zarur siyosiy va diplomatik ishlarni tezlashtirishni taklif qiladi. Bunday pozitsiya nafaqat Armanistonning hududiy yaxlitligini tiklash, balki Ozarbayjonni mamlakatimizga nisbatan keyingi tajovuzkor harakatlardan qaytarishda ham muhim ahamiyatga ega”, deydi Pashinyan kecha, 23 noyabr kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan sammitda. 

Shuningdek, u, Yerevan KXSHT davlatlari (Rossiya. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus)ni Ozarbayjon bilan mojaroga tortishga urinayotgani haqidagi gaplarga izoh berdi.  

“Men Armaniston KXSHT davlatlarini Ozarbayjon bilan urushga tortishga urinayotgani haqidagi gaplarga izoh bermoqchiman. Bu sof manipulyatsiya, chunki Armaniston shu yilning sentyabr oyida ham urushdan yetarlicha jabr ko‘rgani uchungina bundan manfaatdor bo‘la olmaydi”, deydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Kollektiv xavfsiizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, tashkilot Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda Nikol Pashinyan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida Ozarbayjonning Armaniston chegarasidagi xatti-harakatlari bo‘yicha konsensus yo‘qligi, bu esa ushbu tuzilmaning obro‘siga putur yetkazishini aytdi. U o‘z so‘zida oxirgi ikki yil davomida KXSHTga a’zo Armaniston Ozarbayjon tomonidan kamida uch marta agressiyaga uchragani, Armanistonning KXSHTga a’zo bo‘lishi Ozarbayjonni agressiv harakatlaridan qaytara olmagani,  Ozarbayjonning Armanistonga bo‘lgan tajovuziga KXSHTning munosabati bo‘yicha bir qarorga kelinmagani, bu esa KXSHTning nufuziga katta zarar yetkazgani, buni Armanistonning KXSHTga raisligidagi asosiy muvaffaqiyatsizlik deb bilishini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston KXShT

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing