Pashinyan iste’foga chiqadimi? Bosh vazir matbuot kotibi javob berdi

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni kechqurun bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda TASSga Bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgyan intervyu bergan.

“Istefo haqidagi xabar shunchalik arzimaski, hech qanday izohga ham loyiq emas”, deydi u.

Bir oydan ortiq vaqtdan beri Armanistonda Pashinyanning iste’fosi talab qilinayotgan namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Muxolifat 9 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida imzolangan qo‘shma bayonotni Yerevanning taslim bo‘lishi, deb hisoblamoqda. 

Armaniston Bosh vazirining muxoliflari uni Respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy muammolarida ayblab kelmoqda. Mamlakatdagi mavjud vaziyat fonida Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi va ulardan oldin hokimiyatni milliy kelishuv hukumatiga o‘tkazishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 dekabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qiluvchi muxolifat mitingi bo‘lib o‘tdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing