Pashinyan faol tiktoker bo‘lishga qaror qildi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan “Davlat haqida suhbatlar” nomli ko‘p qismli videorolik suratga olishga qaror qildi. U bu haqda bugun, 19 mart kuni o‘zining TikTok'dagi sahifasiga joylagan videosida aytdi.

“Bugundan boshlab TikTok'da "Davlat haqida suhbatlar" turkumini suratga olishni boshlayman", degan u jonli efir vaqtida.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, u suratga oladigan videolarda davlat, fuqarolik erkinliklari va shu kabi mavzularga to‘xtalib o‘tadi.

“Sarlavhadan qaysi masalalarga to‘xtalib o‘tilishi allaqachon ma’lum bo‘ldi, men sizlar bilan o‘z fikrlarimning bir qismini o‘rtoqlashmoqchiman. Umid qilamanki, bu hozirda yuzaga kelayotgan tartibsizliklarda barchamiz uchun strategik, chuqur fikrlash uchun material bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshlangani haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing