Pashinyan Baku urush boshlashidan qo‘rquvda
Olam
−
12 yanvar 2023
5456Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylarini Ozarbayjonga yangi harbiy eskalatsiyani boshlash uchun asos beradigan bayonotlar bermaslikka chaqirdi. Bu haqda u bugun, 12 yanvar kuni Hukumat yig‘ilishida so‘z ochgan.
“Vaziyatni yanada boshi berk ko‘chaga solib qo‘yadigan siyosiy bayonotlardan qochish kerak, chunki yakuniy nuqtaga erishish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan bayonotlar hech qanday foyda keltirmaydi. Tog‘li Qorabog‘ va Ozarbayjon o‘rtasida siyosiy muloqot boshlanishi kerak, Tog‘li Qorabog‘dagi hamkasblarimiz hech kimni konstruktiv suhbatni izdan chiqarishda yoki bunday suhbatni imkonsiz qilishda ayblashiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Lochin yo‘lagining yopilishi provokatsiya bo‘lib, uning yakuniy maqsadi yangi harbiy kuchayish, harbiy eskalatsiya ssenariysini ishlab chiqayotganlar uchun ma’qul bo‘lgan qadamlar tashlanmasligi kerak”, deydi Pashinyan.
Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu provokatsiya va keskinlashuvdan ko‘zlangan maqsadlardan biri Baku va Stepanakert o‘rtasida siyosiy va rasmiy muloqotga bo‘lgan aniq zaruratni yashirish va uni kun tartibidan olib tashlashdir.
“Ushbu provokatsiyani targ‘ib qilish uchun hech qanday choralar ko‘rilmasligi kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.
2022 yil 12 dekabrda o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini (Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l u orqali o‘tadi) to‘sib qo‘ygan. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan. 14 dekabr kuni Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishga majburlash talabi bilan murojaat qildi.
LiveBarchasi