Pashinyan Ashxoboddagi MDH Bosh vazirlari uchrashuviga kelmadi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga kelmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uchrashuvda Armaniston nomidan respublikaning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ustav va boshqa organlaridagi doimiy vakolatli vakili, Armanistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Razmik Xumaryan ishtirok etdi.

Yerevan so‘nggi paytlarda ba’zi integratsiya formatlaridagi uchrashuvlarni o‘tkazib yubormoqda. Shunday qilib, Pashinyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining ayrim sammitlarida ishtirok etmagan.

Shuningdek, Ozarbayjon va O‘zbekiston Bosh vazirlari ham MDH hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etmagan. Ularning o‘rniga Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev hamda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, MDH Hukumat rahbarlari kengashining avvalgi yig‘ilishi 2023 yil oktyabr oyi oxirida Bishkekda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda yig‘ilishda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston hukumat rahbarlari, Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, shuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilmalari va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing