Pashinyan Armanistonning KXSHTdan chiqishiga sha’ma qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 22 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishiga ishora qildi. Bu haqda TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, Armaniston agar KXSHTni “muomalaga layoqatsiz” tashkilot deb hisoblasa, undan chiqishi mumkin.

“Agar Armaniston KXSHTdan de-yure chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, bu Armaniston KXSHT mamlakatni tark etganini qayd etgandan keyin sodir bo‘ladi. Agar KXSHT layoqatsiz tashkilotga aylansa, bunday kun tartibi mavjud. Shunda biz xavfsizlik masalalarimizni o‘zimiz hal qilishimiz kerak bo‘ladi”, deydi u. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat harbiy blokning Qirg‘izistonda o‘tadigan mashg‘ulotlarida qatnashish masalasini muhokama qilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, Armanistonning KXSHTdan noroziligi kecha boshlangan holat emas. Mamlakat Ozarbayjon bilan Qorabog‘ bo‘yicha ziddiyatlarda KXSHT va Rossiyadan yordam kutdi. Biroq qo‘llab-quvvatlovga erisholmadi va tez orada Qorabog‘ Ozarbayjon tomonidan qaytarib olindi. Shu yilning boshida 10 yanvar kuni Pashinyan Armaniston 2023 yilda o‘z hududida KXSHT mashqlarini o‘tkazmoqchi emasligini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 26 yanvar kuni bayonot berib, Yerevan KXSHT missiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ishni mantiqiy yakunlamasdan, Yevropa Ittifoqi foydasiga tanlov qilishni afzal ko‘rganini ta’kidladi. Rossiya tashqi siyosat idorasi Armanistonning chegara hududlarida Yevropa Ittifoqi vakillarining paydo bo‘lishi faqat mavjud qarama-qarshiliklarni kuchaytirishi va mintaqada geosiyosiy keskinlikni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. 20 fevral kuni vazirlik vakili Mariya Zaxarova Yevropa Ittifoqining Armanistondagi fuqarolik missiyasidan maqsad Rossiyani mintaqadan siqib chiqarish ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing