Pashinyan Armanistonni “qashshoqlikka” olib keldi – Aliyev
Olam
−
26 fevral 2021
6137Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armanistondagi notinchlikni mamlakatning ichki ishi deb atadi.
"Ushbu voqealar bugungi kunda Armaniston shu qadar qiyin ahvolga tushib qolganini ko‘rsatmoqda, u yerda sodir bo‘layotgan jarayonlar Armaniston davlatchiligiga putur yetkazmoqda va bunga Armanistonning avvalgi hamda hozirgi rahbariyati aybdor", degan Ozarbayjon rahbari.
Unga ko‘ra, Bosh vazir Nikol Pashinyan mamlakatni "qashshoqlik va vayronagarchilikka" olib kelgan.
Avvalroq, Armanistonda siyosiy muvozanat izdan chiqqani, harbiylar mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgani va namoyishlar bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 26 fevral kuni Armanistonda deputatlar sessiya o‘tkazishi kutilmoqda, unda mamlakatdagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi