Pashinyan Armaniston armiyasi bilan munosabatlari yaxshilanganini e’lon qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Respublika armiyasi bilan munosabatlari normallashganini ma’lum qildi.  

U mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bilan bog‘liq vaziyat hal qilinganini ta’kidlagan. 

Unga ko‘ra, "armiya Hukumat bilan birgalikda xavfsizlikni ta’minlash va mustahkamlash uchun qadamlarni to‘liq davom ettiradi". 

Armanistondagi siyosiy inqiroz mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolarda Ozarbayjondan yengilganidan beri davom etyapti. Inqiroz fevral oyi oxirida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qilgach, keskinlashdi. 

28 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bo‘lajak parlament saylovlari fonida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi Armaniston xalqi kimni tanlasa, o‘sha shaxsga hokimiyatni topshirishga tayyor. Pashinyan saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emas. Respublikada parlament saylovlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing