Pashinyan Aliyev bilan uchrashuvining natijasini ma’lum qildi 

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan joriy yilning 26 noyabr kuni Sochida va 14 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlaridan so‘ng Armaniston va butun mintaqa uchun tinch taraqqiyot davrini ochish imkoniyati paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.  

“Ta’kidlashni istardimki, Sochi va Bryusseldagi uchrashuvlardan so‘ng mamlakatimiz va mintaqamiz uchun tinch taraqqiyot davrini ochish uchun qadamma-qadam olg‘a borishimiz mumkin bo‘lgan imkoniyatni ko‘rmoqdaman. Armaniston bu yo‘nalishda oldinga siljish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi”, degan Pashinyan Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bilan uchrashuvda. 

Armaniston Bosh vaziri Bryusselda Ozarbayjon Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yerasx-Julfa-Ordubad-Meg‘ri-Horadiz temir yo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuv tasdiqlanganini ham ma’lum qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Pashinyan va Aliyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vositachiligida 26 noyabr kuni Sochida ham uchrashgan. Bu Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida o‘t ochishni to‘xtatish deklaratsiyasi va barcha harbiy harakatlar imzolanganining bir yilligiga to‘g‘ri keldi. Uchrashuv joriy yilning yanvar oyidan buyon mamlakat rahbarlarining birinchi yuzma-yuz uch tomonlama muloqotiga aylandi va uch soatga yaqin davom etdi. Rossiya Prezidenti ushbu uchrashuvni foydali va o‘z vaqtida o‘tkazilgan deb atadi, shuningdek kelishuvlarga rioya etilishiga umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pashinyan Aliev

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing